Masar 2010-yilda Holmuradov Design sifatida Uluğbek Xolmurodov tomonidan taşkil etilgan; u köp yillar interyer, mebel va zargarlik dizayni bilan şuğullangan.

Bugun kompaniyamiz bozorda geometrik mahsulotlari, ijtimoiy yönaltirilgan loyihalari va reklama kampaniyalari bilan tanilgan.

Biz zargarlik işlab çiqariş bilan birga meʼmorçilik va interyer dizayni bilan ham şuğullanamiz holmuradovarchitects.uz. Noodatiy va zamonaviy dizayn bizning yorliğimizga aylandi.

Sifat siyosati — ustuvorligimiz, şuning uçun barça Masar mahsulotlari qölda yasaladi. Ularni kamida uçinçi avlod zargarlar jamoasi tayyorlaydi. Barça dizayn — Uluğbek Xolmurodovniki.

Dizayn strategiyamiz — Özbekiston Respublikasida amaliy sanʼatni rivojlantiriş. Haqiqiy dizayn yaratib, milliy şakl va naqşlarni öylamasdan nusxalaşni rad etamiz.

Barça zargarlik dizayni Uluğbek Xolmurodov mulki. Buyumlar yoki suratlarning noqonuniy işlatilişi, nusxalanişi Özbekiston Respublikasining mualliflik huquqi qonuni böyiça javobgarlikka olib keladi.

Oqilona taklif, izoh va savollarga doim oçiqmiz. Xursand bölamiz, agar yozsangiz: masarjewellе[email protected].